Oʻzbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikning koʻlamlari kengaymoqda

15:49 06 Dekabr 2023 Siyosat
521 0

Mamlakatimizning Guanchjoudagi Bosh konsulligi xodimlari Xitoyning Loyan shahri maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari Nyu Gan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar.

Hududiy korxonalar oʻrtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligi hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalar muzokaralarning asosiy mavzusi boʻldi.

Uchrashuv chogʻida soʻnggi yillar davomida mamlakatimizda eksport va  investitsiya yoʻnalishlarida yaratilgan keng imkoniyatlar, shuningdek,  turizm sohasidagi boy salohiyatga doir atroflicha maʼlumotlar Xitoy tomoni vakillarining eʼtiboriga havola qilindi. Shu oʻrinda Oʻzbekiston hududlarida yaratilgan qulay biznes muhiti, bundan foydalangan holda ikki mamlakatning hududlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar kelgusida hududiy korxonalar ishtirokida biznes forumlar tashkil etish, imkoniyatlardan unumli  foydalangan holda mashinasozlik, fan va texnologiyalar sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Loyan shahri vitse-merining eʼtibori Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatining Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashgani, tashkil etiladigan innovatsion texnoparklarda elektrotexnika, bio-farmatsevtika, kimyo, qurilish materiallari, ipak va oziq-ovqat sanoatida innovatsion loyihalar amalga oshirilishiga  qaratildi.

Tomonlar Xitoy hududiy korxonalari va investorlarini mamlakatimizga, Oʻzbekiston eksportyorlarini esa Loyanga amaliy safarlarini uyushtirish hamda ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida biznes forumini tashkil etishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер