Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi madaniy aloqalar istiqbollari muhokama qilindi

12:21 06 Fevral 2021 Siyosat
1285 0

Mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan madaniyat, shu jumladan taʼlim yoʻnalishidagi aloqalarni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar doirasida Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov mazkur mamlakat Madaniy aloqalar kengashi bosh direktori Dinesh Patnaik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama madaniyat, taʼlim yoʻnalishlaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Madaniy aloqalar rivojida ikki davlat hududidagi tegishli markazlar va doʻstlik jamiyatlari faoliyati yuqori ekanligi taʼkidlandi va Dehli universiteti qoshida Oʻzbek tili va adabiyoti markazini tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

Yil davomida tashkil etilishi mumkin boʻlgan yirik ilmiy-madaniy tadbirlar, xalqaro konferensiyalar haqida toʻxtalib oʻtildi.

Suhbat chogʻida tomonlar Hindiston Madaniy aloqalar kengashi tomonidan oʻzbekistonlik yoshlarga bakalavr, magistratura va PhD bosqichlari uchun ajratilayotgan grant oʻrinlari sonini oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер