Oʻzbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama munosabatlarning asosiy vazifalari belgilangan “Yoʻl xaritasi”ni imzoladilar

12:56 29 Avgust 2023 Siyosat
478 0

Oʻzbekiston  tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv oʻtkazdi.

“Qadrli hamkasbim Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon janoblari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazishdan mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Hamkorligimizning siyosatdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha boʻlgan barcha jabhalarini muhokama qildik,. Shuningdek, Oʻzbekiston va Eron Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan va birgalikda hal etishimiz lozim boʻlgan asosiy vazifalar belgilangan “Yoʻl xaritasi”ni imzoladik”.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 18-iyun kuni Eronga boʻlib oʻtgan rasmiy tashrifi yakunlari boʻyicha ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot, shuningdek,  hukumatlar, idoralar va hududlar darajasida 15 ta hujjat imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер