Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi 

09:12 05 Aprel 2021 Iqtisodiyot
852 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashdi. 

Yaqinda tashkil etilgan muloqotda “PrivaZorg Maastricht” kompaniyasi direktori, “Nobama care” (Niderlandiya) kompaniyasi raisi B.Nizomiy hamda “Jawzjan Al-Hayot” kasalxonasi (Afgʻoniston) muassisi A.Xamiylar ham ishtirok etishdi. Xorijlik mehmonlar Oʻzbekistonning turizm sohasidagi islohotlar, yangi yoʻnalishlar va turistik mahsulotlar, “Uzbekistan SafeTravel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi bilan tanishishdi. Shuningdek, yurtimizda sayyohlik yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Tomonlar Oʻzbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oʻziga xos xususiyatlar haqida atroflicha fikr almashishdi. Xorijiy tadbirkorlar mamlakatimizning yuksak turizm salohiyatini inobatga olgan holda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi. Maʼlumot oʻrnida: “Privazorg Maastricht” Niderlandiyadagi “PrivaZorg” tibbiy muassasasini qoʻllab-quvvatlovchi mintaqaviy markaz boʻlib, “uyda parvarish qilish”ga ixtisoslashgan. Oʻz navbatida, “Nobama Care” kompaniyasi toʻliq tibbiy yordamga ega qariyalar uylari tarmogʻidir. Hozirgi vaqtda kompaniya 4 filialiga ega boʻlib, joriy yilning oktyabr oyida 5 muassasasining ochilishi kutilmoqda. Bunda, taʼsischilar har bir bino uchun 6 million yevro sarmoya kiritishgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер