Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi AQSH va Yaponiyaga qarshi oʻynaydi

10:48 01 Mart 2026 Sport
835 0

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Yaponiya hamda AQSH U-20 terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etadi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.

Xabarda aytilishicha, Osiyo kubogi saralash bosqichi hamda 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston yoshlar termasi xalqaro oʻrtoqlik turnirida maydonga tushadi.

Maʼlumot uchun, Yaponiya U-20 terma jamoasiga qarshi bahs 25-mart kuni, AQSH U-20 terma jamoasiga qarshi uchrashuv esa 28-mart kuni boʻlib oʻtadi. Har ikki oʻyin ham Milliy futbol markazida soat 15:00 da start oladi.

Eslatib oʻtamiz, 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatiga Oʻzbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер