Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Janubiy Koreyaga magʻlub boʻldi
Kecha, 1-aprel kuni Tayland mamlakatida 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasi start oldi. Bugun musobaqada Vladimir Panov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ham oʻz ishtirokini boshladi.
Afsuski, ushbu oʻyinda qizlarimiz 2:0 hisobida Janubiy Koreya terma jamoasiga magʻlub boʻlishdi. Oʻyinda kiritilgan ikki golga Cho Xe Yon va Xe Rin Jin mualliflik qildilar.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi musobaqadagi navbatdagi oʻyinini 5-aprel sanasida oʻtkazadi. Ushbu bahsda jamoamizga amaldagi jahon chempioni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasi raqiblik qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring