Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Turkiyaga yoʻl oldi
Foto: OʻFA
Bugun, 26-fevral kuni Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Turkiya mamlakatiga yoʻl oldi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga joʻnab ketdi. Vladimir Panov boshqaruvidagi jamoamiz yigʻin doirasida 3 ta nazorat uchrashuvi oʻtkazadi”, — deyiladi federatsiya xabarida.
Qoʻshimcha maʼlumotlarga koʻra, jamoa fevral oyidagi yigʻin doirasida oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi. Ushbu turnirda Panov shogirdlari quyidagi jamoalarga qarshi maydonga chiqadi:
• Rossiya — Oʻzbekiston, 28-fevral;
• Oʻzbekiston — Turkiya, 3-mart;
• Oʻzbekiston — Marokash, 6-mart.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi aprel oyida Tailand mamlakatida tashkil etiladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring