Oʻzbekiston TIV rahbari Qatar elchisini qabul qildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.
«Qatarning Oʻzbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim janoblarini qabul qilishdan xursandman, - deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. - Keyingi yillarda ikki tomonlama aloqalar izchil yuksalish mohiyatini kasb etgan holda xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan koʻplab istiqbolli qoʻshma loyihalar kun tartibiga kiritilmoqda».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring