Oʻzbekiston TIV rahbari Nyu-Yorkda BMT Sivilizatsiyalar alyansi Oliy vakili bilan uchrashdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida BMT Sivilizatsiyalar alyansi Oliy vakili Migel Moratinos bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
«BMT Sivilizatsiyalar Alyansining Oliy vakili Migel Moratinos bilan uchrashishdan mamnunmiz, - deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Dunyodagi bugungi geosiyosiy vaziyat yuzasidan fikr almashib, nizolarni hal etish va oldini olishda muloqotning muhim ahamiyatini taʼkidladik. Hamkorligimizning asosiy yoʻnalishlari, madaniyatlararo va dinlararo munosabatlarni mustahkamlash borasidagi aloqalarni faollashtirish boʻyicha takliflarni ham muhokama qildik».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring