Oʻzbekiston tibbiy niqoblar eksportini toʻxtatadi
Arxiv surat
16-martdan boshlab tibbiy niqoblar eksporti toʻxtatiladi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bagʻishlangan shoshilinch yigʻilishda eʼlon qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda himoya niqoblarini ishlab chiqarish oʻn marotabaga oshirildi va birinchi marta himoya kombinezoni ishlab chiqarilishi boshlandi.
Ikki oy oldin bizda sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari uchun himoya kombinezoni ishlab chiqarmasdik. Ikki oy ichida nafaqat ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik, balki ikki samolyotini Xitoyga joʻnatdik, bir samolyotini Eronga joʻnatyapmiz. Oʻzimizda yetarli zaxira mavjud.
Tibbiy niqob yetishmovchiligi masalasiga kelsak, bu butun dunyoda kuzatilmoqda. Hozir tibbiy niqob ishlab chiqarish uch oy oldingiga nisbatan 10 baravardan koʻproq oshirdik. Ertadan boshlab tibbiy niqoblarni chet elga eksport qilish toʻxtatiladi, barchasi ichki bozorga yoʻnaltiriladi. Buning ustida ishlaymiz, narxlar eski holatiga qaytariladi, dedi bosh vazir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring