“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJda bir qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi
Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari”da bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Aksionerlik jamiyati Axborot-tahliliy media markazi xabariga koʻra, Narzullayev Zufar Gʻiyasovich – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi lavozimiga;
Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga;
Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bosh muhandisi lavozimiga;
Kamildjanov Abdumalik Abduvaxitovich – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining tashishlar va logistika boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga;
Rizayev Elyor Abdumalikovich – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining temir yoʻl obyektlarini taʼmirlash va qurish boʻyicha oʻrinbosari lavozimlariga tasdiklandilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring