Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Eron va Koreya Respublikasi Elchilari bilan uchrashdi
2023-yil 28-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʻloyev Eron Islom Respublikasi hamda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Hamid Nayrabodiy va Kim Xi Sang bilan alohida uchrashuvlar oʻtkazdi.
Muzokaralar chogʻida tomonlarning siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik, madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Ikki tomonlama va koʻp tomonlama shakllardagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali hamda tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring