Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoy Elchisini qabul qildi

01:35 24 Mart 2026 Siyosat
392 0

2026-yil 23-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Mazkur uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hamkorlikning barcha sohalarda dinamik rivojlanayotgani qayd etilib, uni yanada kengaytirishga tayyorlik bildirildi. Tashqi ishlar vazirliklari ikki va koʻp tomonlama kun tartibi boʻyicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер