Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Hindiston TIV rahbarining oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Toshkent shahriga tashrif buyurgan Hindiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sanjay Verma boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
«Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarda Hindiston TIV delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sanjay Verma janoblarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Biz jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston–Hindiston hamkorligi va yuqori surʼatni saqlashda tashqi ishlar vazirliklarining faol oʻrniga alohida eʼtibor qaratdik».
Hindiston TIV delegatsiyasi Toshkentda ikki davlat tashqi siyosat idoralari oʻrtasida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga keldi. Tashrif dasturidan, shuningdek, Hindiston delegatsiyasining Buxoro va Samarqand shahardariga safar qilish ham oʻrin olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring