Oʻzbekiston salkam 8 million dollarlik olma eksport qildi

12:30 14 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
1307 0

Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 7 mln. 952 ming AQSH dollari qiymatidagi 17 869 tonna olma eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, olmaning 41 foizi Qozogʻistonga va 30 foizi Rossiyaga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda olmaning eksporti Tojikistonga 2,3 barobarga, Birlashgan Arab Amirliklariga 2,2 barobarga va Rossiyaga 1,2 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Belarus, Moʻgʻuliston, Chexiya va Ukrainaga olma eksporti yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер