Oʻzbekiston Respublikasi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh prokurorlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 14-noyabr kuni Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh prokurorining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi delegatsiya Vyetnam poytaxti Xanoy shahriga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh prokurori Le Min Chi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Konstruktiv muloqot davomida tomonlar ikki davlat nazorat organlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakuni boʻyicha ikki davlat vakolatli organlarining jinoyat protsessi doirasida huquqiy hamkorlikni amalga oshirish imkonini beradigan Oʻzbekiston Respublikasi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi oʻrtasida jinoyat ishlari boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring