Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi transport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi imzoladi
Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Gruziyaga rasmiy tashrifi doirasida Transport vaziri Ilhom Maxkamov va Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili transport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Memorandum Gruziya dengiz portlarida dengiz terminali/omborxonalarni qurish/uzoq muddatli lizingga olish, fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik, avtomobil transportida tashuvlarni rivojlantirish hamda transport va infratuzilma yoʻnalishida oʻzaro hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, innovatsiyalarni qoʻllashni oʻz ichiga oladi.
Taʼkidlash joizki, 2022-yilda Oʻzbekistonning Gruziya portlari (Poti, Batumi) orqali eksport-import yuk tashish hajmi 864 ming tonnani tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 72 foizga koʻp (2021-yilda 503 ming tonna).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring