Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston - oʻzgaruvchan va oʻzaro bogʻliq dunyoda ishonchli hamkor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

09:08 19 Dekabr 2022 Siyosat
736 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Tadbirda Vazirlik rahbariyati, Toshkent shahrida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlar diplomatik missiyalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida keng koʻlamli islohotlar va demokratik oʻzgarishlar yoʻlida borayotgan Oʻzbekiston tashqi siyosatda ham yangi yoʻl borayotganligi;  mazkur siyosat asnosini xalqaro huquq tamoyillariga amal qilish, tinchlik, yaxshi qoʻshnichilik, har tomonlama hamkorlikka, mintaqaviy barqarorlik va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash tashkil qilib, bu tamoyillar Oʻzbekiston milliy manfaatlariga toʻla javob bera olishi haqida soʻz bordi.

“Oʻzbekiston Respublikasi har bir davlat manfaatlarini hisobga olish va oʻzaro hurmatga asoslangan konstruktiv muloqot va koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish tarafdoridir”, dedi V. Norov. Bunga Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi hamkorligi misol boʻla oladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov oʻz nutqida Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatida erishilgan muvaffaqiyatlar yutuqlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdi.

Davra suhbatida Ozarbayjon, Jazoir, Germaniya, Hindiston, Ummon, Koreya Respublikasi, Ruminiya, Tojikiston, Yaponiya elchixonalari hamda BMT va YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonalari rahbarlari maʼruza qildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер