Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilyapti.
Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida koʻrib chiqish vakolatini viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar vakolatiga oʻtkazishga hamda yuqori instansiya sudlari tomonidan sud qarorlarini bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun quyi sudga yuborish amaliyotini tugatishga doir protsessual qoidalarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi sudyalarning masʼuliyatini oshirishga, ishlarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrilishiga, sud qarorlarini qayta koʻrishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga va noroziliklarning oldini olishga hamda ortiqcha sarsongarchiliklarga yoʻl qoʻymaslikka xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring