Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Finlyandiya Adliya vazirligi va Kela faoliyati bilan tanishdi

14:49 23 Mart 2023 Siyosat
519 0

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi delegatsiyaning Finlyandiyaga xizmat safari doirasida joriy yilning 22-mart kuni Adliya vazirligida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Finlyandiya Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan vazirlikning norma ijodkorligi sohasidagi oʻrni va faoliyati, shu jumladan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ularni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, demokratik qadriyatlarni qoʻllab-quvvatlash jarayonidagi vazifalari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Suhbat davomida adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida soʻnggi yillarda amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Muloqot yakunida Oʻzbekiston va Finlyandiya Adliya vazirliklari oʻrtasida oʻzaro keng koʻlamli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya aʼzolari Finlyandiya Ijtimoiy sugʻurta instituti – Kelaga tashrif buyurishdi.

Kela - Finlyandiya fuqarolarining barcha toifasiga ijtimoiy, tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish markazi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер