Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Qambarota-1 gidroelektr stansiyasini hamkorlikda quradi

20:19 06 Yanvar 2023 Iqtisodiyot
924 0

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 6-yanvar kuni Bishkek shahrida Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, Qirgʻiz energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Qozogʻiston energetika vaziri Bolat Akchulakov  tomonidan Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi.

Tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Mazkur GES nafaqat Qirgʻiz Respublikasini, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining elektr va suv taʼminotida muhim oʻrin tutadi.

Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga oʻrtacha 5,6 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan SHHT sammiti doirasida ikki mamlakat prezidentlari tomonidan Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida eʼtibor qaratilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер