Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjonga joʻnab ketdi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Boku shahrida davlatimiz rahbari Qoʻshilmaslik harakatining dunyoda pandemiyadan keyingi tiklanish masalalariga bagʻishlangan sammiti yalpi sessiyada ishtirok etadi.
Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazilishi, unda yetakchilar ikki tomonlama ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring