Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi AQSH Qurolli kuchlari markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni Maykl Kurillani qabul qildi
Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov AQSH Qurolli kuchlari markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni Maykl Kurillani qabul qildi.
Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash masalalari, jumladan, Afgʻonistondagi hozirgi vaziyat borasida fikr almashildi.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari boʻyicha oʻzaro manfaatli muloqotni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring