Oʻzbekiston Prezidenti Anqaraga keldi

20:40 15 Mart 2023 Siyosat
797 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Anqara shahriga keldi.

Esenbogʻa xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Anqara muzofoti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Ertaga, 16-mart kuni Prezidentimiz Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер