Oʻzbekiston oʻz tarixida birinchi marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga saylandi

17:27 08 Iyun 2024 Siyosat
628 0

Oʻzbekiston oʻz tarixida birinchi marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga saylandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 7-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida 2025-2027-yillar uchun BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi aʼzolariga saylov boʻlib oʻtgan.

Unda yashirin ovoz berish natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi BMTga aʼzo davlatlarning 185 nafar ovozini oldi va oʻz tarixida birinchi marta Kengash aʼzoligiga saylangan.

Mamlakatimizning BMTning ushbu muhim organiga saylangani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida davlat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqaro hamjamiyat va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan keng eʼtirof etilganidan dalolatdir”, deyiladi TIV xabarida.

Maʼlumot uchun, mazkur Kengash BMTning asosiy organi boʻlib, tashkilotning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi. Ushbu tuzilma Tashkilot tizimida barqaror rivojlanishning barcha uch yoʻnalishiiqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan ragʻbatlantirish boʻyicha asosiy oʻrinni egallaydi. U uch yillik muddatga saylanadigan 54 aʼzodan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер