Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Afgʻonistondan ustun keldi
Kecha, 9-aprel kuni “Doʻstlik” stadioni mezbonlik qilayotgan 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi CAFA kubogi musobaqasining 3-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Afgʻoniston termasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv Ayder Kurbayev boshqaruvidagi jamoaning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Emmanuel Emonkpayre, Ulugʻbek Xayrullayev va Kamoliddin Akbaraliyev mualliflik qildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi dastlabki oʻyinida Qirgʻiz Respublikasi terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi musobaqadagi uchinchi oʻyinini Turkmaniston oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Ushbu bahs 11-aprel sanasida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring