Oʻzbekiston Novosibirskka qariyb 200 tonna olma eksport qildi

14:50 19 Avgust 2020 Iqtisodiyot
1021 0

Avgust oyi boshidan buyon Rossiyaning Novosibirsk oblastiga Oʻzbekistondan 198,9 tonna olma yetkazib berildi. Bu haqda mahalliy infopro54.ru internet-nashriga asoslanib “Dunyo” AA xabar berdi.

Bu ushbu hududga xorijdan keltirilgan mana shunday mevalarning deyarli 80 foizidir.

Joʻnatilgan barcha mahsulotlar fitosanitar sertifikatlariga ega, deyiladi RF veterinar va fitosanitar nazorati federal xizmati press-relizida.

Mevalar Rossiya davlat chegarasiga oʻtayotganda “Karasuk” fitosanitar karantin postida, shuningdek, mahalliy bozorlar va omborxonalarga tushirilayotganda yana bir bor tekshiruvdan oʻtkazildi.

Olmalar Novosibirsk oblasti va shahrida sotishga chiqarildi. Bundan tashqari ularni importchi mamlakatning boshqa hududlariga yuborish uchun ham ruxsat berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер