Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Koreya Respublikasida oʻtkazilgan xalqaro musobaqaning mutlaq gʻolibiga aylandi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi Koreya Respublikasida ilk bor oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etdi.
Mazkur musobaqa davomida jangovar harakatlar reallikka yaqin boʻlishi uchun shahar va togʻ hududlarida tashkil etilgan amaliy mashgʻulotlarda tomonlar qarama-qarshi kuch sifatida jang olib bordi. Unda asosan, dunyoning yetakchi davlatlaridan saralangan jamoalar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi puxta va samarali tashkillashtirilgan tayyorgarlik natijasida musobaqa mobaynida jasurlik, gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq, yuksak darajadagi kasbiy va ruhiy tayyorgarlik, shuningdek, shaxsiy tarkibning jipsligini namoyon etdi.
NATO standartlariga asoslangan ushbu musobaqaning 12 ta “jangi”da oʻzbekistonlik harbiylar 10 ta gʻalaba bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin esa AQSH hamda Koreya Respublikasi jamoalariga nasib etdi — toʻrttadan gʻalaba.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga koʻra, Toshkent xalqaro aeroportida xalqaro maydonda yurtimiz bayrogʻini baland koʻtargan harbiylarimiz tantanali ravishda kutib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring