Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Niderlandiyaga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Niderlandiyaga tashrif buyurdi. Tibbiy xizmat polkovnigi Nosir Fozilov boshchiligidagi delegatsiya tashrif davomida Niderlandiya reabilitatsiya markazi, mamlakat Harbiy gospitali hamda Milliy tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi.
Mamlakat reabilitatsiya markazi boshligʻi polkovnik Leon Jans, Harbiy gospital boshligʻi Monika Kop-Wijering bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ikki davlat mudofaa vazirliklari vakillari harbiy tibbiyot sohasida bir qator hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni kelishib oldi.
Jumladan, harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlash (sanitar yoʻriqchi, feldsher, tor doiradagi mutaxassislar), malaka almashinuvi, ikki davlat mutaxassislari ishtirokida yuqori texnologiyali operatsiyalar va master-klass oʻtkazish borasida oʻzaro kelishuvga erishildi.
Niderlandiya Mudofaa vazirligi harbiy tibbiyot bosh boshqarmasi oʻz navbatida kelgusida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tibbiyotchilari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda tayyor ekanini bildirdilar.Shuningdek, tashrif doirasida hamyurtlarimiz Ikkinchi jahon urushi yillarida yuksak jasorat koʻrsatib, mardlarcha halok boʻlgan 101 nafar oʻzbek xotirasiga oʻrnatilgan monument poyiga gulchambar qoʻyib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring