Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 50-oʻrinda
Foto: OʻFA
FIFA oʻzining rasmiy sahifasida mart oyi yakuniga koʻra, terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Unga koʻra, mart oyida oʻtkazilgan FIFA Series musobaqasi gʻolibi boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi reytingda 1465.34 ochko jamgʻargan holda Kosta-Rika va Peru termalarini quvib oʻtib, 50-oʻringa koʻtarildi.
Taʼkidlash kerakki, bu Osiyo boʻyicha Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya va Avstraliyadan keyingi beshinchi oʻrin degani.
FIFA reytingining dastlabki 10ligida ham jiddiy oʻzgarishlar kuzatilmadi. Faqatgina Marokash terma jamoasi 3 pogʻonaga koʻtarilib, 8-oʻrinni egalladi. Xorvatiya terma jamoasi esa TOP-10likdan chiqib ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring