Oʻzbekiston maktablarida qishki taʼtilning boshlanish sanasi maʼlum qilindi
Xalq taʼlimi vazirligi maktab oʻquvchilarining qishki taʼtillari qachon boshlanishi haqida maʼlum qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, maktablarda ikkinchi chorakning oxirgi kuni 27-dekabrga toʻgʻri keladi va 28-dekabr taʼtilning birinchi kuni hisoblanadi. Taʼtil 14 kalendar kun davom etadi, buning hisobiga mamlakat maktablarida uchinchi chorak 2022-yil 11-yanvardan boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring