Oʻzbekiston koronavirusdan himoyalanishda Xitoy standartini tanladi
arxiv foto
Koronavirus COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, joriy yilning 7-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining Standartlashtirish tashkilotidan tibbiy yuz niqoblari va himoya kiyimlari (qoʻlqop, xalat) uchun ishlab chiqilgan 23 ta standart olindi.
Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tibbiy yuz niqoblari va himoya kiyimlari mahsulotlarini ilgʻor, rivojlangan davlatlarning standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish hamda ularniichki va tashqi bozorlarga yetkazib berishni koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunga qadar koronavirus aniqlanganlar 534 nafarga yetdi. Ulardan 30 nafari butunlay sogʻaydi, 3 kishi vafot etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring