Oʻzbekiston kompaniyalari aksiyalari ilk bor jahon aksiyalar bozoriga chiqarilmoqda

17:58 09 Aprel 2026 Iqtisodiyot
391 0

Oʻzbekiston tarixida ilk bor milliy kompaniyalar aksiyalari jahon aksiyalar bozoriga chiqarilmoqda. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Milliy investitsiya fondi Oʻzbekiston kompaniyalari aksiyalarini bir vaqtning oʻzida ikkita maydonda — nufuzli London birjasi va Toshkent birjasida savdoga qoʻyadi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tanlagan ochiqlik yoʻli natijasi ekani aytildi.

Bildirilishicha, IPO jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni muvofiqlashtirishni Oʻzbekistonda ishlash litsenziyasiga ega boʻlgan “Franklin Templeton” xalqaro investitsiya kompaniyasi amalga oshirmoqda.

“Ushbu qadam — xorijiy investorlar uchun aniq va kuchli ishora. Bu bilan biz global qoidalar asosida — halol va shaffof ishlashga tayyor ekanimizni namoyon etmoqdamiz”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi rahbari, shuningdek, Oʻzbekiston iqtisodiyoti mutlaqo yangi, zamonaviy taraqqiyot bosqichiga oʻtayotganini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер