Oʻzbekiston xorijga 13,9 million dollarlik olxoʻri eksport qildi
Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 13 mln. 914 ming AQSH dollari qiymatidagi 23 404 tonna olxoʻri eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, olxoʻrining 42 foizi Qozogʻistonga, 42 foizi Rossiyaga va 16 foizi Qirgʻizistonga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda olxoʻrining eksporti Afgʻonistonga 5 barobarga va Turkmanistonga 3,7 barobarga ortgan.
Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Moʻgʻulistonga olxoʻri eksporti yoʻlga qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring