Oʻzbekiston, Xitoy, Rossiya va Belarus notarial idoralari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Foto: “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 19-21-dekabr kunlari “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini birgalikda rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Xarbin shahrida “Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqalarida xalqaro iqtisodiy savdo aloqalari va yuridik xizmatlar hamkorligi” mavzusidagi xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur xalqaro forumda Xitoy hukumati vakillari, tadbirkorlar, Xitoy, Oʻzbekiston, Rossiya, Belarus davlatlari notariat tizimi hamda yuridik xizmat koʻrsatish sohasi vakillari ishtirok etishmoqda.
Tadbir doirasida Xitoy notariuslari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Notarial palatasi, Rossiya federal notarial palatasi va Belarus notarial palatasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida notarial tizimlar oʻrtasida hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, tomonlarning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda sohani takomillashtirish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring