Oʻzbekiston-Xitoy oʻrtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda vazir oʻz sahifasida maʼlum qildi.
Tashqi ishlar vazirlari fuqarolarga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladi.
“Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi yana bir muhim qadamdir”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring