Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimidan ozod etildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Gʻafurov Uygʻun Toʻlqinovich lavozimidan ozod etildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gʻafurov Uygʻun Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimidan ozod etilgan, bunga uning boshqa ishga oʻtayotgani sabab qilib koʻrsatilgan.
Manbaga koʻra, Gʻafurovning oʻrniga kecha, 4- dekabr kuni Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan Muzaffar Murotovich Kamilov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring