Oʻzbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev vafot etdi
Koʻpgina rollari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan aktyor Oʻzbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev olamdan oʻtdi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.
Tohir Miraliyev “Tilla buva“ (2011), “Uchar otlar“ (2011), “Qovun“ (2012), “Jasur“ (2011), “Arosat“ (2009), “Chavandoz“ (2007), “Armon“ (1987) kabi koʻplab filmlarda rol ijro etgan.
“Xalq soʻzi Online” tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur taʼziya etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring