Oʻzbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 83 yoshida vafot etdi

18:20 22 Mart 2022 Jamiyat
1328 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekiston xalq artisti 22-mart kuni Maryam Ixtiyorova 83 yoshida vafot etdi. U shu vaqtga qadar Muqimiy nomidagi davlat musiqali drama teatri aktrisasi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Maryam Ixtiyorova 1939-yil 21-aprel sanasida Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tugʻilgan. Maryam Ixtiyorova 1957-yili Toshkentda teatr va rassomchilik sanʼati oliygohiga qabul qilingan. Aktrisa oʻz faoliyatini 1959-yildan Muqumiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida boshlagan. Maryam Ixtiyorova oʻzining uzoq yillik faoliyati davomida koʻplab spektakl va filmlarda ishtirok etgan. Shuningdek u turli radio eshittirishlar va hajviy telekoʻrsatuvlarda ham muntazam qatnashgan. 

Koʻp yillik faoliyati orqali Maryam Ixtiyorova “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist”, 1997-yilda “Oʻzbekiston xalq artisti” kabi unvonlar hamda 2016-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер