Oʻzbekiston kasallikni mamlakat darvozasida aniqlab olganini oʻzi nimaga qodirligini koʻrsatadi – Otabekov “Britancha” shtamm kirib kelsa unga qarshi kurasha olmaymiz degan gaplarga javob qaytardi
“Britancha” shtamm aniqlangani haqida OAV orqali birmuncha kech xabar berilgani respublika aholisini birmuncha xavotirga soldi. Ularda mavjud tizim bu kabi yangi kasalliklar kirib kelsa unga tayyor emas degan fikr shakllanishiga asos boʻlgan boʻlishi mumkin. “Britancha” shtamm kirib kelsa biz unga qarshi kurasha olmaymiz degan fikrlar ham paydo boʻlgan boʻlishi mumkin. Shu haqida fikringiz qanday? Mazkur savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov javob berdi.
«Albatta, Oʻzbekiston Respublikasi 30-yanvar kuni Oʻzbekiston hududida koronavirusning yangi shtammi aniqlangani toʻgʻrisida xabar berdi.
Respublikamiz bu kabi kasalliklarning kirib kelishiga tayyor boʻlmasligi, “britancha” shtamm Oʻzbekistonga kirib kelsa muammo tugʻdirishi mumkin degan fikrga ozgina oydinlik kiritaylik. Albatta, Oʻzbekiston nimaga qodir ekanligini oʻzini koʻrsatdi. Mana hozir ahamiyat bergan boʻlsangiz juda koʻp davlatlar, koronavirus kasalligi nuqtayi nazaridan yaʼni kasallik avj olishi barobarida karaxt holatga kelgan bir paytda Oʻzbekistonda epidemik barqarorlik taʼminlangan.
“Britancha” shtamm aniqlangan bemorimizdagi kasallik ham aynan aeroportda aniqlangan va alohidalangan. Demak Oʻzbekiston sharoitida kasallik manbai deylik aeroport sharoitida va oʻsha bemor yotqizilgan shifoxona sharoitida jilovlangan. Demak kassalikni aholining ichiga kirib ketishiga yoʻl qoʻyilmagan. Epidemik jarayonning uchta bosqichini eslaydigan boʻlsak, kasallik manbaini jilovlasak, yuqish yoʻlini oldini olsak, yuqtirish ehtimoli boʻlgan aholining himoyasini taʼminlay olsak kasallikning keng koʻlamda avj olib ketishiga yoʻl qoʻymaymiz. Aynan shu nuqtayi nazardan Oʻzbekiston mana shu kasallikka chalingan bemorni Oʻzbekiston darvozasi yaʼni aeroport sharoitida aniqlab olishini oʻzi bu nimaga qodir ekanligini koʻrsatadi», dedi Otabekov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring