Oʻzbekiston issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha yangi majburiyatlarni oladi
Oʻzbekiston issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha yangi majburiyatlarni oladi, deb yozadi Sputnik.
9-noyabr kuni Glazgoda boʻlib oʻtgan iqlim oʻzgarishi boʻyicha forumda soʻzga chiqqan Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, 2030-yilga borib respublika 2010-yilga nisbatan chiqindilarni 35 foizga qisqartiradi.
Avvalroq, 2017-yil aprelida iqlim boʻyicha Parij kelishuviga qoʻshilgan Oʻzbekiston ularning darajasini 10 foizga kamaytirishga vaʼda bergan edi.
Abduhakimov, shuningdek, Orol dengizining qurishi tufayli Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi dunyo boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan ikki baravar kuchli ekanligini taʼkidladi.
Xalqaro ekologik siyosatning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish uchun Bosh vazir oʻrinbosari 2023-yilda Oʻzbekistonda BMTning Atrof-muhit boʻyicha yuqori darajadagi assambleyasini oʻtkazishni taklif qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring