“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Toshkent — Qarshi — Toshkent yoʻnalishida parvozlarni qayta tiklamoqda
Arxiv surat
Parvozlar haftasiga 2-marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent — Qarshi — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha reyslar 2-noyabrdan qayta tiklanadi. Bu haqda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ tomonidan maʼlum qilindi.
Toshkentdan joʻnab ketish vaqti — 19:00, Qarshiga borish vaqti — 20:00;
Qarshidan qaytish vaqti — 20:40, Toshkentga yetib kelish vaqti — 21:40.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olishingiz mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring