Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov kongressi yakunlandi
Bugun milliy futbol markazida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov kongressi tashkil etildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Kongress kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin oldi:
- Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 2025-yil 22-fevralda oʻtkazilgan Navbatdan tashqari Kongress bayonnomasini tasdiqlash.
- Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 2025-yil moliyaviy koʻrsatkichlarini tekshirish boʻyicha auditorlik hisobotini tasdiqlash.
- Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 2025-yilgi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Kongress yakunida assotsiatsiyaning yuqori lavozimlariga saylov boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezident lavozimiga Bahodir Qurbonov qayta saylandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Birinchi vitse-prezidenti lavozimida Ravshan Ermatov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida esa Odiljon Ahmedov oʻz faoliyatini davom ettiradigan boʻldilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring