Oʻzbekiston fuqarosi Istanbuldagi YTHda vafot etdi

14:59 23 Fevral 2020 Jamiyat
796 0

Foto: www.google.com

Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra, 2020-yil 21-fevral kuni shahar koʻchalaridan birida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi M.K. vafot etdi.

“Bosh konsulxona zarurat tugʻilganda hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda uning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berish uchun vaziyatni nazoratga olgan”,- deyiladi TIV matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha boshqa bir Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyada balandlikdan yiqilib vafot etgani xabar qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер