Oʻzbekiston yetakchisini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati
Turkmaniston Prezidentining qarorgohi – «Ogʻuzxon» saroy majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.
Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov birgalikda suratga tushdilar.
Marosimda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirok etdi.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlari tor doirada muzokara oʻtkazmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring