Oʻzbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrif yakunlandi

13:40 02 May 2023 Siyosat
380 0

TIV maʼlumotiga koʻra, “Markaziy Osiyo – Xitoy” vazirlar uchrashuvi davomida mintaqamiz mamlakatlari bilan Xitoy oʻrtasida siyosat va diplomatiya, oʻzaro bogʻliqlik, savdo, transport, yashil energiya, madaniyat va sanʼat sohalarida hamkorlikni faollashtirishning yangi imkoniyatlari yuzasidan mazmunli fikr almashildi. Joriy yilning may oyida “Markaziy Osiyo – Xitoy” shaklida oʻtkazilishi rejalashtirilgan sammitning tashkiliy va mazmuniy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar Afgʻonistondagi vaziyat va mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari XXR Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan muzokaralar oʻtkazdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi, Oʻzbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi muhokama qilindi.

Xitoy Kommunistik partiyasi Shensi provinsiyasi partiya qoʻmitasi kotibi Chjao Ide bilan uchrashuvda Oʻzbekiston-Xitoy mintaqalararo hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari Sian shahriga tashrifi davomida Xitoyning “BYD” va “LONGi” yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazdi va mamlakatimizda qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari Sian shahridagi “China Railway Express”  xalqaro Xitoy-Yevropa markazi faoliyati bilan ham tanishdi va  Markaziy Osiyoga “BYD”  avtomobillari ortilgan maxsus poyezdning joʻnatish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер