Oʻzbekiston delegatsiyasi Yaponiyada samarali muzokaralar oʻtkazdi

11:10 31 Iyul 2023 Siyosat
436 0

Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Yaponiyaga tashrif doirasida ushbu mamlakat vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida bir qator samarali uchrashuvlar oʻtkazdi.

Jumladan, delegatsiya rahbarining Yaponiya “Japan international training Cooperation Organzatinon” (JITCO) vitse-prezidenti Shigeo Matsumoti, sogʻliqni saqlash, bandlik va farovonlik vaziri Katsunobu Kato, Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentdagi oʻrinbosari Yumi Yosikava, Yaponiya taʼlim vazirligi vitse-prezidenti Yumi Yosikava va Liberal-demokratik  partiyasi vitse-prezidenti Taro Aso, moliya vaziri Shunichi Suzuki bilan  muzokaralari tashkil etildi.

Boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda tegishli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Yaponiya Kichik va oʻrta korxonalar tashkiloti va Innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash mintaqaviy tashkiloti (SME Support Japan) raisi Aitsusi Toynaga, Yamagata universiteti Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati hamda  Yaponiyadagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri — “Shimizu Corporation” vakillari bilan oʻzaro hamkorlik istiqbollarini  muhokama qilishdi.

Mamlakatimiz vakillari, shuningdek,  Yaponiyaning eng yirik “JA Group” kooperativ birlashmasining Obu shahridagi markazi va “Dehqon bozori” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Oʻtkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunlari boʻyicha oʻzaro tajriba almashish,  delegatsiyalar almashuvini yoʻlga qoʻyish va hamkorlikni yanada  rivojlantirish masalalarini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер