Oʻzbekiston delegatsiyasi Singapurning PSB Akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

11:33 08 Sentyabr 2023 Siyosat
364 0

Oʻzbekiston delegatsiyasining Singapurga tashrifi doirasida bugun PSB Akademiyasi ijrochi raisi Viva Sinnia bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun, PSB Akademiyasi qariyb 60 yillik tarixga ega. Singapurning eng ilgʻor xususiy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Mazkur taʼlim dargohini hozirgi kunga qadar 200 mingdan ortiq talaba tamomlagan.

Uchrashuvda V.Sinnia PSB Akademiyasining maqsad va vazifalari, taʼlim yoʻnalishlari hamda xalqaro hamkorligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, mazkur Akademiya asosiy eʼtiborni bugun dunyoda raqamli iqtisodiyot shakllanayotgan bir vaqtda unga kerak boʻladigan samarali kadrlarni tayyorlashga qaratadi. Bu borada PSB Akademiyasi qator sohaviy va xalqaro hamkorlar bilan yaqindan ishlab kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер