Oʻzbekiston delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan Butunjahon taʼlim forumida qatnashdi

23:13 25 May 2024 Jamiyat
628 0

Shu yil 19-22-may kunlari Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida Butunjahon taʼlim forumi (Education World Forum) boʻlib oʻtdi.

Forum ishida Oʻzbekiston maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.

20-Butunjahon taʼlim forumida, shuningdek, 100 dan ortiq davlatlardan vazirlar va vazir oʻrinbosarlari, taʼlim xizmatlari bilan shugʻullanuvchi turli tashkilot va nufuzli kompaniyalar vakillari qatnashdi.

Forumda dunyoda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan raqamli islohotlar va ularni yanada jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari forum dasturidan oʻrin olgan taʼlimning dolzarb masalalariga bagʻishlangan panel muhokamalarda ishtirok etish barobarida turli davlatlarning taʼlim kompaniyalari va tashkilotlari rahbarlari bilan muzokara oʻtkazdilar.

Boʻlib oʻtgan uchrashuvlar yakunida “Pearson“, Portsmut universiteti, Norvich til taʼlimi instituti, “QAA”, “Cambridge University Press & Assessment”, “AQA”, “Times Higher Education”, Vulverxempton universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikka oid muhim hujjatlar imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер