Oʻzbekiston delegatsiyasi IHTTning Parij shahrida boʻlib oʻtgan “Yevrosiyo haftaligi” yillik forumida ishtirok etdi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Badriddin Abidov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij shahrida oʻtkazilgan bir qator yirik ikki tomonlama va xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi.ʼ
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining maʼlum qilishicha, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning “Yevroosiyo haftaligi” yillik forumida Yevroosiyo davlatlarining bugungi kundagi iqtisodiy rivojlanishi, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish, mintaqa davlatlarining transport-logistika yoʻlaklarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston-Fransiya siyosiy maslahatlashuvlari hamda “MEDEF International“ xalqaro koʻrgazmasida Fransiya kompaniyalari bilan oʻtkazilgan qoʻshma davra suhbati doirasida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklik aloqalarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida IHTT Bosh kotibi Matias Kormann va tashkilotning boshqa yuqori lavozimli xodimlari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring